📌 Forum doirasida SHHT davlatlari vakillarining muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
♦ Tadbirda O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazdi.
♦ Loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali moliyalashtirish mexanizmlari
♦ Mentorlar tayyorlash dasturlarining tashkil etilishi
♦ SHHT doirasida hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ochiq muloqot
Ushbu forum startap sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va O‘zbekiston innovatsion salohiyatini keng jahon maydoniga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
Mualif : PARVOZ loyihasi