Parvozning yozishicha, Forum doirasida SHHT davlatlari vakillarining muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda delegatsiyamiz a’zolari tomonidan mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
♦ Loyihalarni inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali moliyalashtirish mexanizmlari;
♦ Mentorlar tayyorlash dasturlarining tashkil etilishi;
♦ SHHT doirasida hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ochiq muloqot.
Ushbu forum startap sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va O‘zbekiston innovatsion salohiyatini jahon maydoniga olib chiqishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Forum davomida qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti.