💻Bugun Navoiy shahridagi «Сollabrium» kovorking markazida O`zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o`rinbosari Olimjon Umarov bilan muhim uchrashuv bo`lib o`tdi.
💻Uchrashuvda o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi:
- Innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish
- Mintaqaning innovatsion ekotizimini rivojlantirish
- Hududning amaldagi va istiqboldagi innovatsion loyihalari
💻Akseleratsiya dasturlarini yaratish bo`yicha keyingi qadamlar, startaplarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan, shuningdek, o`z tajribasi bilan bo`lishib, yosh tadbirkorlarga o`z g`oyalarini amalga oshirish va startaplarni muvaffaqiyatli loyihalarga aylantirishda yordam bera oladigan mentorlarni jalb qilish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.