📍 2025-yil 3–5 aprel kunlari Hindistonning Dehli shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar ishtirokida yirik xalqaro startap forumi – “Startup Mahakumbh” bo‘lib o‘tmoqda.
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilgan startap loyihalar 5000 dan ortiq ishtirokchi, 100 dan ortiq akselerator va venchur fondlar ishtirokidagi ko‘rgazmada taqdim etildi.
♦ Forum davomida Hindiston tashqi savdo vaziri tomonidan O‘zbekistonning startap ekotizimi bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishildi.
♦ 20 ga yaqin xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Bu xalqaro tanlovda ishtirok O‘zbekiston startaplari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.