logotip-big

Sherzod Shermatov « Collabrium » kovorking markazida

♦ Bugun Navoiy shahridagi «Collabrium» kovorking markazida
O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich bilan muhim uchrashuv bo`lib o`tdi.

♦ Joriy yilning aprel oyida Navoiy shahrida yoshlar uchun yangi texnologiyalar, mahalliy innovatsiyalar hamda hamkorlikni rivojlantirish va startaplarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan yagona kovorking markazi ishga tushirilgani munosabati bilan o`z tabriklarini bildirdi.

♦ Shuningdek, «IT DATAWARE»MCHJ korxonasi tomonidan 3-chi chorakda eksport qilingan mahalliy va xorijiy dasturiy mahsulotlarni o`rganib chiqdi. Bu yerda ko`rsatilgan mahalliy xizmatlar 17 milliard so`m, eksport hajmi esa 1.7 million AQSH dollarini tashkil etadi, hamkorlar esa AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Kanadadan iborat.

♦ Jumladan, uchrashuv jarayonida Sherzod Xotamovich 2024-2026-yillarda «IT DATAWARE» MCHJ tomonidan amalga oshiriladigan strategik loyihalar bilan tanishib chiqdi va o`z fikrlarini bildirdi.